Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Maduro Venesuela armiyasini safarbar qildi

A A A
Maduro Venesuela armiyasini safarbar qildi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakat qo‘shinlarini safarbar qildi va qo‘shni Gayana davlatining amaldagi hududi Essekibo hududini anneksiya qilganini e’lon qildi. Bu haqda «El Pais» nashri ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Maduro allaqachon hududga vaqtinchalik rahbar ham tayinlab bo‘lgan. Qayd etilishicha, Yagona sosialistik partiya deputati general-mayor Aleksis Rodriges Kabello ushbu vazifaga qo‘yilgan.

Avvalroq Maduro Venesuelaning hududda 24-shtati tashkil etilganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 16:34 07.12.2023. O'qildi: 2006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!