Venesuela harbiy bosqinchilik tahdidi tufayli milliy mudofaa tizimini takomillashtirdi.
Bu haqda Bolivar Respublikasi prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanalidagi videokonferensiya orqali Amerika xalqlari uchun bolivar ittifoqi (ALBA) sammiti chog‘ida ma’lum qildi.
“Lotin Amerikasi va Karib havzasida birga yashashning huquqiy va diplomatik kanallari to‘liq ishdan chiqqan shu kunlarda Venesuela 25 hafta davomida psixologik terror, harbiy bosqinchilik tahdidlari, qaroqchilar hujumi va Venesuela nefti olib ketilgan kemaning o‘g‘irlanishini boshdan kechirdi”, — dedi Maduro. Uning ta’kidlashicha, respublika “milliy mudofaa tizimi haqidagi tasavvurini o‘zgartirib, yaxshilagan”.
2004 yilda tashkil etilgan Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarining mintaqaviy assosiasiyasi ALBA tarkibiga Antigua va Barbuda, Venesuela, Grenada, Dominika, Kuba, Nikaragua, Sent-VinSent va Grenadinlar, Sent-Kits va Nevis va Sent-Lyusiya kiradi.
Vashington Venesuela hukumatini giyohvand moddalar savdosiga qarshi yetarlicha kurashmayotganlikda ayblaydi. AQSh harbiy-dengiz kuchlari Karib dengiziga Gerald R. Ford aviatashuvchi kemasi, yadroviy suv osti kemasi va 16 mingdan ortiq harbiy xizmatchi boshchiligidagi zarba beruvchi guruhni joylashtirdi. Sentyabr oyidan beri AQSh kuchlari mintaqada kamida 20 ta tezyurar qayiqni cho‘ktirib, 80 dan ortiq odamni o‘ldirgan.