Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Maduro 18 oydan keyin iste’foga chiqishga tayyor(mi)?

Maduro 18 oydan keyin iste’foga chiqishga tayyor(mi)?

Maduro AQSh vakillari bilan norasmiy muzokaralar vaqtida 18 oydan keyin iste’foga chiqishga tayyorligini bildirgan — CNN

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim amerikalik amaldorlar bunday ssenariyni inqirozdan chiqishning ehtimoliy yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan, ammo Oq uy faqat Maduroning darhol iste’foga chiqishini nazarda tutuvchi rejani qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning yaqin hamkorlari Oq uy bilan bir nechta kanallar orqali aloqaga chiqqan hamda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik qanday shakllanishi mumkinligini muhokama qilmoqda.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Maduro va Tramp o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan, unda tomonlar Qo‘shma Shtatlarda uchrashuv o‘tkazish imkonini muhokama qilgan, ammo kelishuvga erisha olmagan. Suhbat AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida o‘tgan.

Avvalroq Tramp Venesuela va uning atrofidagi havo makoni yopilganini e’lon qilgan edi. Bu qaror Qo‘shma Shtatlarning Karib havzasida o‘z harbiy kontingentini kengaytirishda davom etayotgani fonida e’lon qilindi.

Kiritildi: 09:56 01.12.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!