Shahriyor Nurulloyev Turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
Nurulloyev bu lavozimga 2021 yilning dekabrida tayinlangan edi. Unga qadar Prezident administrasiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Xabarda uning nima sababdan lavozimidan ozod qilinganiga aniqlik kiritilmagan.