Madagaskarda “Gezani” siklini tufayli 20 kishi halok bo‘ldi, yana 33 kishi jarohat oldi. Bu haqda orol davlatining Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish milliy byurosi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shamol tezligi episentrda soatiga 250 kmga yetgan siklon mamlakat sharqidagi Tuamasina shahrining 80 foizdan ortig‘ini vayron qilgan. Tuamasina — poytaxtdan keyingi ikkinchi yirik shahar va mamlakatning asosiy porti hisoblanadi.
Hozirda siklon Madagaskar hududini tark etib, Mozambik bo‘g‘ozi tomon yo‘nalgan. Qurbonlar soni va yetkazilgan zarar hajmi aniqlashtirilmoqda.