Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lukashenko: "Hayron qolaman, koronavirusdan o‘lganlar soni alkogol qurbonlaridan besh barobar kam"

A A A
Lukashenko: "Hayron qolaman, koronavirusdan o‘lganlar soni alkogol qurbonlaridan besh barobar kam"

Belorusda koronavirusdan o‘lganlar soni alkogoldan vafot etganlar sonidan besh baravar kam. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni tadbirlariga tayyorgarlikni va mamlakatdagi epidemik vaziyatni muhokama qilgan yig‘ilishda aytdi.

 "Meni hayratga solgan narsa shundaki, 482 kishi alkogoldan zaharlanib, 470 kishi esa o‘z joniga qasd qilish oqibatida o‘lgan. Qariyb ming kishi alkogol va o‘z joniga qasd qilish natijasida hayotdan ko‘z yumgan, — deya prezidentning so‘zlarini keltiradi BelTA. — 89 kishi suvga cho‘kib ketgan. Bu COVID-19ga chalinib o‘lganlar soniga deyarli teng".

2 may holatiga ko‘ra respublikada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning 97 nafari vafot etgan. Bundan tashqari, to‘rt oy ichida deyarli 25 ming belorus qon aylanish tizimi kasalliklaridan va 6,4 mingga yaqini onkologik xastaliklar natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Lukashenko ta’kidlaganidek, respublikada o‘lim darajasi pasaymoqda.

"To‘rt oy ichida mamlakatda umumiy o‘lim darajasi 1,5 foizga pasaydi. Agar har chorakda 1,5-2 foizni ushlab tursak, o‘limni 7-8 foizga kamaytiramiz. Bu ba’zi bir davlatlar o‘limi fonida juda yaxshi ko‘rsatkich. Biz bir necha yillardan beri pasayish tendensiyasiga egamiz", dedi davlat rahbari.

Ayni damda 15 828 kishi koronavirusga chalingan Belorusda hech qanday karantin joriy etilmagan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ogohlantirishlariga qaramasdan, 20 aprelda respublikada maktab qayta ochildi, 25 aprel kuni umummilliy hashar o‘tkazildi, G‘alaba kuni paradiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ta’kidlash kerakki, mamlakatda ixtiyoriy karantin bor, ko‘plab belarusliklar o‘zlari xohlab ijtimoiy aloqalarni kamaytirdilar va o‘zlarini izolyasiya qildilar.

Kiritildi: 15:08 03.05.2020. O'qildi: 2919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!