Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Lukashenko: Biz Yevropaga Ikkinchi jahon urushini kim tugatganini eslatishdan charchamaymiz

A A A
Lukashenko: Biz Yevropaga Ikkinchi jahon urushini kim tugatganini eslatishdan charchamaymiz

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun vatandoshlarini G‘alaba kuni bilan tabriklab, Minsk Yevropaga Ikkinchi jahon urushiga nuqta qo‘yganini eslatishdan charchamasligini aytdi.

“Biz urushning barcha begunoh qurbonlarini va nasist jallodlarining dahshatli shafqatsizligini unutmaymiz. Yevropa xalqlariga insoniyat tarixidagi eng qonli urushga kim barham berganini eslatishdan charchamaymiz”, — dedi Lukashenko, uning tabrik matni Belarus prezidenti saytida e’lon qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘alaba kuni nasizm zarbasini o‘z zimmasiga olgan va g‘alaba qozongan “millionlab sovet xalqining mardlik va matonat, jasorat va fidoyilik timsoliga aylangan buyuk bayramdir”.

Kiritildi: 11:58 09.05.2022. O'qildi: 4038 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!