Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Luka Modrich "Real"dan ketadi

A A A
Luka Modrich "Real"dan ketadi

Yarim himoyachi Luka Modrich o‘n ikki yillik o‘yindan so‘ng joriy mavsum oxirida "Real Madrid"ni tark etadi. Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi xorvatiyalikning ketishini muqarrar deb hisoblamoqda - ular unga yangi shartnoma taklif qilishmaydi.

Modrichning o‘zi ham "Real"dan ketish vaqti kelganini tushunib turibdi. Oxirgi marta shartnomasini bir yilga uzaytirgan xorvatiyalikda ko‘p shubhalar bor edi, lekin u baribir qoldi. Shu bilan birga, Luka o‘zining roli hozirgidek ikkinchi darajali bo‘lishini kutmagandi.

Luka Modrich 38 yoshda va joriy mavsumda "Real" safida 18 ta rasmiy o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:56 16.12.2023. O'qildi: 1742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!