Xorvatiyalik futbolchi Luka Modrich haftasiga 200 ming yevro ishlab topadi va istasa, har qanday telefonning eng so‘nggi modelini ishlatishi mumkin. Ammo…
Yaqinda bo‘lib o‘tgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida “Real” a’zosi telefonda gaplashib, hammani yana bir bor ajablantirdi. Chunki hech kim Modrichning bunday kamtarona mobil vositasidan foydalanishini kutmagandi.
Modrich 2012 yilda ishlab chiqarilgan “iPhone 5”dan foydalanadi. Mazkur telefonni 100 yevro evaziga xarid qilish mumkin.