Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yahudiylarni kamsitgani uchun rekord darajada 4 million dollar jarimaga tortildi.
Hodisa 2022 yilning may oyida Nyu-York — Budapesht reysining Frankfurtda to‘xtash vaqtida sodir bo‘lgan. Birinchi parvoz paytida bir necha yahudiy yo‘lovchilar ekipaj ko‘rsatmalariga amal qilishdan bosh tortishgan. Qayta ro‘yxatdan o‘tish paytida aviakompaniya xodimlari qoidabuzarlarni tanimagan va yahudiy deb hisoblangan barcha 128 yo‘lovchini bortga kiritmaslikka qaror qilgan. AQSh Transport vazirligi kompaniyani fuqarolik huquqlarini buzgani uchun 4 million dollar jarimaga tortdi. Bu AQShda aviakompaniyalarga solingan eng katta jarima hisoblanadi.