Bugun 12 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Los-Anjelesdagi yong‘in qurbonlari soni 16 kishiga yetdi. Vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda

Los-Anjelesdagi yong‘in qurbonlari soni 16 kishiga yetdi. Vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda

Halok bo‘lganlarning aniq soni noma’lumligicha qolmoqda, sababi qutqaruvchilar o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan barcha hududlarga hali yetib bormagan.

Los-Anjeles o‘t o‘chirish boshqarmasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 12 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan. O‘tgan tunda taxminan 9,5 ming gektar hududi yonib ketgan Pasifik-Paliseyds shahri chekkasida yong‘in ko‘lami oshgan, deb xabar beradi Los Angeles Times.

So‘nggi bir necha kun ichida 180 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgani aytilmoqda. 11 yanvar kuni yong‘in qo‘shimcha bir nechta hududlarni qamrab oldi, natijada hukumat evakuasiya zonasini kengaytirdi. Kecha sokin shamol va namlikning oshishi yong‘inlarni o‘chirishda muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan bo‘lsa-da, Milliy ob-havo xizmati kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo sharoiti yana yong‘inlar tarqalishini kuchaytirishi haqida ogohlantirmoqda.

Shahar rasmiylari yong‘inlar oqibatida havo sifati yomonligi sababli aholiga imkon qadar uyda qolishni tavsiya qilgan. Ochiq havoda ishlaydigan har bir kishi respirator kiyishi kerak, deydi Los-Anjeles okrugi sog‘liqni saqlash departamenti vakili Anish Mahajan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!