Los-Anjelesda dam olish kunlari davomida noqonuniy muhojirlar deportasiyasiga qarshi namoyishlar chog‘ida 56 kishi hibsga olindi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri huquq-tartibot xodimiga Molotov kokteyli otgan, yana biri esa polisiyachini motosikl bilan urib ketganlikda ayblanmoqda.
Qayd qilinishicha, Los-Anjeles polisiyasi boshlig‘i Jim Makdonellning bildirishicha, 7 iyun kuni 29 kishi hibsga olingan. Polisiya departamenti kapitani Raul Xovel esa 8 iyun kuni yana 10 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Kaliforniyadan Vashington shtatigacha cho‘zilgan yo‘llarda yo‘l-patrul xizmati tomonidan yana 17 namoyishchi ushlangan.
Ushbu norozilik namoyishlari o‘tgan haftadan buyon davom etmoqda va AQShning Immigrasiya va bojxona xizmati tomonidan noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarga qarshi qaratilgan.