Britaniya elektr tarmog‘i kompaniyasi National Grid'ga ko‘ra, bu vaqtinchalik yechim bo‘lib, elektr ta’minotini to‘liq tiklash uchun ma’lum muddat kerak bo‘ladi.
Xabar berilishicha mahalliy vaqt bilan taxminan 14:30 da (Toshkent vaqti bilan 19:30 da) aeroportning to‘rtinchi terminalida elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklangan.
Hitrou aeroporti elektr energiyasi bilan ta’minlovchi podstansiyada yuz bergan yong‘in tufayli ertalabdan buyon yopiq qolmoqda. Yong‘in sababi hali noma’lum, tergov jarayoniga aksilterror polisiyasi jalb qilingan.
Avvalroq, aeroportdagi podstansiyada sodir bo‘lgan yong‘in tufayli o‘nlab aviakompaniyalar o‘z reyslarini bekor qilishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edik.