Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastinlik ona bolasini ochlikdan yo‘qotishning "ta’riflab bo‘lmaydigan azobini" tasvirlab berdi

Falastinlik ona bolasini ochlikdan yo‘qotishning "ta’riflab bo‘lmaydigan azobini" tasvirlab berdi

G‘azoda joylashgan Falastin inson huquqlari markazi (PCHR) Isroilning "aholini ochlikka mahkum qilish siyosati" ostida yashab qolish uchun kurashayotgan G‘azodagi ayollarning guvohliklari bilan o‘rtoqlashdi.

21 yoshli Aya al-Iskafiy aytishicha, uning yangi tug‘ilgan qizchasi Jenan mart oyi boshidan beri jinoyatchi Isroil tomonidan anklavga oziq-ovqat, suv yoki insonparvarlik yordamini kiritishga ruxsat berilmagani sababli vafot etgan.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida tug‘ilgan chaqaloq suvsizlanishdan aziyat chekkan va uch oyligida vazni 2,8 kilogrammgacha tushib ketgan.

"Shifokorlar uning emizishini sun’iy sut bilan to‘ldirishga majbur bo‘lishdi, ammo qamal davom etayotgani sababli sun’iy sut ham juda kam edi. Biz 14 kun al-Rantisi kasalxonasida qoldik, u yerda qizim ko‘krak suti ema olmadi va faqat vena orqali beriladigan suyuqliklar bilan ovqatlandi," dedi al-Iskafi PCHR bilan suhbatda.

May oyi boshiga kelib, Jenan surunkali ich ketishdan aziyat chekayotgan edi, biroq G‘azoda ta’minot yetishmasligi sababli zarur tibbiy yordamni ololmadi. "U ko‘z o‘ngimda qattiq azob chekardi, men esa unga yordam berishga, azobini yengillatishga ojiz edim," dedi onasi.

"Yuragim ezilib ketdi, ammo mablag‘ yetishmasligi va og‘ir sharoitlar tufayli hech narsa qila olmadim. 3 may kuni qizim ochlikdan vafot etdi. U bilan vidolashish tasvirlab bo‘lmas darajada og‘riqli edi va u boshidan kechirgan hamma narsa hayotimning har bir lahzasida meni qiynab kelmoqda."

Kiritildi: 22:58 17.05.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!