Inrix yo‘l harakati tahlili firmasi hisobotiga ko‘ra, 2023 yilda Londondagi haydovchilar tirbandlikda o‘rtacha 99 soat vaqt sarflagan. Buyuk Britaniya poytaxti yo‘llari ketma-ket uchinchi yil Yevropadagi eng gavjum yo‘l deb topilmoqda.
O‘tgan yil davomida haydovchilarning London tirbandligida o‘tkazgan vaqti 2022 yildagi oldingi 97 soatdan 99 soatgacha oshdi va bu shaharni Yevropadagi tirbandlik bo‘yicha yetakchiga aylantirdi. Jahon miqyosida London Nyu-York va Mexikodan keyingi o‘rinda turadi.
- Tirbandlikning ortishi kuchli iqtisodiy faollikni ko‘rsatishi va shaharlar uchun ijobiy belgi bo‘lishi mumkin, - deydi transport tahlilchisi va hisobot muallifi Bob Pishyu.
Hujjat shuningdek, Inrix ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi har bir haydovchi o‘tgan yili tirbandliklarda 61 soat yo‘qotganini, bu esa 558 funt sterling moliyaviy yo‘qotishga teng ekanligini aniqladi.
Londondan keyin eng gavjum shaharlar Parij, Chikago, Istanbul, Los-Anjeles, Boston, Xyuston va Keyptaun bo‘ldi. Hisobot ma’lumotlari faqat 37 davlatni qamrab oladi va Xitoy hamda Hindiston haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olmaydi.