Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Londonda o‘n minglab odamlar Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishga chiqdi

Londonda o‘n minglab odamlar Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishga chiqdi

London markazida bo‘lib o‘tgan aksiyalardan biri ultrao‘ngchi faol, Tommi Robinson nomi bilan ham tanilgan Stiven Yaksli-Lennon tomonidan tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, unga o‘n minglab odamlar yig‘ilgan. Marsh ishtirokchilari boshpana izlovchilar soni va ommaviy migrasiyadan norozilik bildirishdi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer marsh o‘tkazilishidan oldin ham uning tashkilotchilarini ataylab nafrat va parchalanishni tarqatishda ayblagan edi. Tommi Robinson — britan o‘ngchilari orasida taniqli faol bo‘lib, uning 2025 yil sentyabr oyida o‘tkazilgan avvalgi migrantlarga qarshi aksiyasida 150 mingga yaqin kishi qatnashgan edi.

Ushbu marsh bilan bir vaqtda Londonda Nakba ("falokat") xotirasiga bag‘ishlangan yillik namoyish ham bo‘lib o‘tdi. Nakba — 1948 yilda Isroil davlati tashkil etilayotgan davrda 700 000 ga yaqin falastinlikning hozirgi Isroil hududidan ko‘chirilishidir.

London polisiyasi ushbu ikki aksiya ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida 4000 nafar xodimni jalb qildi. Kunning yarmiga kelib turli huquqbuzarliklar uchun 31 kishi qo‘lga olindi, biroq umuman olganda har ikki namoyish ham "jiddiy ko‘ngilsizliklarsiz" o‘tdi, deb qayd etmoqda poytaxt polisiyasi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!