Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Londonda ishlagan mutaxassis Navoiy viloyati hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Londonda ishlagan mutaxassis Navoiy viloyati hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Uzoq yillar xorijda ishlab tajriba orttirgan Nazirjon Jo‘rayev Navoiy viloyati hokimining investisiya va innovasiyalar bo‘yicha maslahatchisi vazifasiga tayinlandi.Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

N.Jo‘rayev 1983 yilda Karmana tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat konchilik institutini bitirgan. 2007 yilda London buxgalteriya va moliya kollejini tamomlagach, 2011 yilgacha Angliyada Oceanic Village kompaniyasida menejer, 2018 yilgacha Jones Lang Lasalle kompaniyasida biznes inshootlarini boshqarish bo‘yicha menejer yordamchisi vazifalarida ishlagan. Shuningdek, London qimmatli qog‘ozlar bozorida tajriba to‘plagan. Angliyadagi Raskin universitetining magistratura bosqichida ta’lim olgan.

O‘zbekistonda men kabi mutaxassislarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rib, tug‘ilib o‘sgan yurtimga qaytib, xizmat qilishga qaror qildim. Viloyat hokimining taklifidan ruhlanib, g‘ayrat va shijoat bilan ishga kirishaman. Navoiy viloyati juda katta resurslarga boy hudud hisoblanadi. Xususan, yer osti va yer usti tabiiy zaxiralaridan qurilish industriyasida keng foydalaniladigan shisha, marmar va granit toshlari hamda bazalt tolasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdim. Xorijiy investorlar bilan mustahkam kooperasiya aloqalarini o‘rnatib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha viloyatda katta imkoniyatlar mavjud. Xorijda o‘rganganlarimni hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman, deydi hokim maslahatchisi.

Tajribali mutaxassis viloyatga kamida 2 ta xalqaro bank investisiyalarini jalb etish, Germaniyadagi universitet filialini ochish hamda bir qator innovasion g‘oyalarni o‘z ichiga olgan investision loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surmoqda.

Kiritildi: 12:19 20.01.2019. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!