Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Londonda ikki tomonlama yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Londonda ikki tomonlama yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

London markazida bir vaqtning o‘zida ikki yo‘nalishda ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazildi: o‘ng qanot faollari va Falastin tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi. Vaziyat sabab London polisiyasi keng ko‘lamli xavfsizlik operasiyasini yo‘lga qo‘ydi.

Ommaviy yig‘ilishlardan biri — “Britaniyani birlashtir” nomli marsh bo‘lib, u o‘ng qanot faoli Tommi Robinson (asl ismi Stiven Yaksli-Lennon) tomonidan tashkil etildi. Ishtirokchilar Uaytholl va Parlament maydoni atrofida yurib, hukumat siyosati va Bosh vazir iste’fosini talab qilishdi.

Kir Starmerga qarshi siyosiy shiorlar ham yangradi.

Bir vaqtning o‘zida Falastin tarafdorlari ham alohida namoyish o‘tkazdi. Ikki guruh o‘rtasida xavfsiz “steril zona” saqlandi.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, London markazida 4000 dan ortiq polisiyachi jalb qilingan, dronlar, xizmat itlari va zirhli texnikadan foydalanilgan. Hozircha 31 kishi hibsga olingan, ammo yirik to‘qnashuvlar qayd etilmagan.

Kiritildi: 23:11 16.05.2026. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!