«Vest Hem» yo‘l-transport hodisasiga uchragan Maykl Antonioning salomatligi borasida xabar berdi.
Avvalroq «bolg‘achilar»ning yamaykalik hujumchisi avtohalokatga uchragani ma’lum bo‘lgandi.
«7 dekabr kuni tushdan keyin Esseksda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasidan keyin Maykl Antonioning ahvoli barqaror ekanligini tasdiqlaymiz.
Futbolchi hushida, muloqotda va hozirda London markaziy kasalxonasida yaqindan tekshirilmoqda. Qiyin davrda biz barchadan Maykl va uning oilasining shaxsiy hayotini hurmat qilishni so‘raymiz», — deyiladi London klubi bayonotida.