Buyuk Britaniya Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma missiya uchun dronlar, qiruvchi samolyotlar va harbiy kema taqdim etishini bildirdi.
Mudofaa vaziri Jon Hili seshanba kuni bo‘lib o‘tgan vazirlar sammitida ushbu chora-tadbirlar paketini e’lon qildi. Unga dengiz minalarini aniqlash va zararsizlantirish bo‘yicha avtonom tizimlar, uchuvchisiz katerlar hamda havo patruli uchun "Typhoon" qiruvchi samolyotlari kiritilgan.
Ushbu missiyada 40 dan ortiq davlat ishtirok etmoqda va Hilining so‘zlariga ko‘ra, u sharoitlar imkon berishi bilan boshlanadi.
Jon Hilining ta’kidlashicha, ko‘p millatli ushbu missiya ittifoqchilar bilan birgalikda mudofaa xarakteriga ega va mustaqil bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, hozirda Yaqin Sharqqa yo‘l olgan "HMS Dragon" esminesi ham bo‘g‘oz xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha har qanday vazifani bajarishga tayyor bo‘ladi. Shuningdek, Britaniyaning "RFA Lyme Bay" kemasi ham zarurat tug‘ilganda operasiyalarda qatnashishi uchun zamonaviylashtirilmoqda.