O‘tgan 2018 yil futbol olamida o‘ziga xos iz qoldirdi. Xususan, navbatdagi jahon chempionati o‘tkazildi. Bundan tashqari, milliy chempionatlarda ham qiziqarli holatlar kuzatildi.
Tabiiyki, bunday holatlar memlarga, karikaturalarga aylantirildi. E’tiboringizga 2018 yilning futbolga oid eng yaxshi memlarini havola etamiz.
Bavariya hujumchisi Tomas Myullerning YECHLda Ayaks himoyachisi Nikolas Talyafikoga bergan zarbasi yodingizdadir. Endi Myuller shu qo‘polligi tufayli Liverpul ga qarshi juda muhim o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Rassom Kevin De Bryuyne. U Rossiyadagi mundialda terma jamoasining asosiy arxitektorlaridan biriga aylandi.
MYu a’zosi Fil Jons ijtimoiy tarmoqlardagi mish-mishlarga hujum qilmoqda
APLdagi hozirgi holat: Liverpul yetakchilikni Manchester Siti dan olib qo‘ydi
Xorvatiya 2018 yilgi mundialda Angliyani uyiga kuzatib qo‘ymoqda
Agar sen endi Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynashingni eshitganingda...
Bavariya Robert Levandovskining suratini joyladi va muxlislardan uni qayta ishlashni so‘radi
Neymar yana jarohat oldi, unga joyning farqi yo‘q
Xorvatiyalik futbolchi Domagoy Vidaning Rossiyaga urgan golini nishonlaganda aytgan gapidan keyingi mojarolar yodingizdadir
Toni Krossning Shvesiya darvozasiga kiritgan ajoyib goli. Ammo yakunda bu ham nemislarga yordam bera olmadi
Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Mesut jahon chempionatini tark etishmoqda
Messi gol urdi va uni sobiq jamoadoshi Inyestaning qo‘llarida nishonladi
Futbol yulduzlari mundialni televizor orqali tomosha qilishmoqda
Neymarning jahon chempionati boshlanishi arafasidagi soch turmagi
Xitoy futboliga oid birinchi mem. Siz ham beixtiyor Lobanovni esladingizmi?
Shaxtyor darvozasiga belgilangan nohaq penalti. O‘shanda Manchester Siti a’zosi Sterling simulyasiyasining mukammal ko‘rinishini namoyish etgandi