Liviyada turli qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yuzaga kelgan tartibsizliklar vaqtida Tripoli yaqinidagi qamoqxonadan mahbuslar qochib ketgan.
BMTning Liviyadagi missiyasi mojaroning kuchayishidan xavotir bildirib, tomonlarni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Liviyada fuqarolik urushi 2011 yildan beri davom etmoqda. Mamlakatda yagona hukumat mavjud emas, u amalda raqib guruhlar o‘rtasida bo‘lingan.