Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Liviya qirg‘oqlari yaqinidagi falokatda 53 muhojir halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinidagi falokatda 53 muhojir halok bo‘ldi

Liviya qirg‘oqlari yaqinida 55 nafar muhojirni olib ketayotgan rezina qayiq ag‘darilib ketdi. Natijada 53 kishi, jumladan, ikkita go‘dak halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi.

Report nashri xabariga ko‘ra, bu haqda Xalqaro Migrasiya Tashkiloti (XMT) ma’lum qilgan.

Kema 6 fevral kuni Liviyaning Zuvara shahri shimolida ag‘darilib ketdi. Liviya rasmiylari tomonidan o‘tkazilgan qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida ikki nigeriyalik ayol qutqarildi.

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, faqat yanvar oyida O‘rta yer dengizining markaziy qismida ekstremal ob-havo sharoitida ko‘plab kema halokatlari natijasida kamida 375 muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Kiritildi: 21:40 09.02.2026. O'qildi: 152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!