Misrlik hujumchi Muhammad Saloh yozda "Liverpul"dan ketishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar hali hamon yangi bitim borasida muzokara o‘tkazishmoqda. Lekin futbolchi va klubning vaziyatga qarashi bir-biridan sezilarli darajada farq qilmoqda.
"Liverpul"dan ketadigan bo‘lsa, Salohda faoliyatini davom ettirish uchun ko‘plab variantlar bor. Yevropa klublari, Saudiya Arabistoni va MLS vakillari ham misrlik futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatishmoqda.