G‘arbiy Sohildagi Tulkarm qochqinlar lageridagi turar-joy binosiga raketa tushishi oqibatida kamida 15 falastinlik jarohat oldi.
Bu haqda Falastinning WAFA agentligi shahar hukumati vakiliga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar Livan hududidan Isroildagi nishonga uchirilgan va Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan raketa parchalari tufayli yaralangan.
Barcha yaradorlar, jumladan, asosan ayollar, o‘rtacha og‘irlikda “Tabet” shahar davlat shifoxonasiga yetkazilgan.