“Hizbulloh” guruhi 2 aprel kuni “Hizbulloh” shimolidagi Nahariya shahriga raketa hujumlari tashkil etdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar qildi.
Manbada aytilishicha, Livandagi guruh Nahariya hududiga, xususan Gesher HaZiv aholi maskaniga Katyusha qurilmasidan bir qator zarbalar bergan. Hujumlar Livanning janubi-g‘arbiy qirg‘oqbo‘yi hududlaridan yo‘naltirilgan.
“Hizbulloh” rasmiylari bildirishicha, bu hujum Isroilning janubiy Livan qishloqlari va tinch aholi uylariga uyushtirgan hujumlariga javoban tashkil etilgan. Oldinroq, Isroil janubiy Livandagi Yarin shahriga zarba bergan edi. Oqibatda bir nafar ayol halok bo‘lgan.
Isroilning 12-kanal teleradiokompaniyasi Nahariya hududida havo hujumi sirenalari yoqilganligini bildirgan. Isroil milliy tez yordam xizmati esa raketa hujumi natijasida jarohatlangan yoki qurbonlar bo‘lmaganligini aytgan.