Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mart oyi boshidan beri Isroil hujumlari oqibatida 2 659 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

So‘nggi bir sutka ichida janubiy hududlarga berilgan zarbalar natijasida kamida 41 kishi halok bo‘ldi, yana 89 nafar turli darajada jarohat olgan. Bu holat 17 apreldan joriy etilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramay sodir bo‘lgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, harbiy keskinlashuv 2 martdan buyon davom etmoqda. Shu vaqt ichida jarohatlanganlar soni 8 183 nafarga yetgan.

Kiritildi: 22:05 02.05.2026. O'qildi: 107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!