Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Livan va Falastindagi urush isroilga 66 milliard dollarga tushmoqda

A A A
Livan va Falastindagi urush isroilga 66 milliard dollarga tushmoqda

Bosqinchi isroil Markaziy banki G‘azo va Livandagi urushlarning hozirgi narxini 66 milliard dollarni yoki isroilning urushdan oldingi yalpi ichki mahsulotining 11-12 foizini tashkil qilishini aytdi.

Bu raqamni isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davom etayotgan «urush isroil tarixidagi eng uzoq va eng qimmat urushdir». Shuningdek, u bu ko‘rsatkichning o‘sishi ehtimoli borligini ta’kidladi.

Urush natijasida isroil turizmi 75% ga qulab tushdi va yuz minglab ishchilar iqtisoddan chetlashtirildi, ba’zilari esa armiyada zahiradagi askar sifatida xizmat qilishdi.

«Bu, albatta, 10 million aholiga ega isroil uchun halokatli. AQShning yiliga taxminan 14-15 milliard dollarlik yordami bilan ham urush xarajatlari isroil hukumati va jamiyatiga og‘ir yuk bo‘ladi», deydi Adam Tuz, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti Yevropa instituti direktori.

isroil yalpi ichki mahsulotining o‘sishi yaqin kelajakda 3 foizdan tõrt foizgacha kamayishi taxmin qilinmoqda.

Bu xarajatlar urushnkengayib, moliyaviy yukni yanada oshiradi.

isroilning Haaretz gazetasiga kõra, sõnggi paytlarda Hizbulloh va Eron bilan ziddiyatning kuchayishi 2,6-5,2 milliard dollarga zararga baholangan.

Avvalroq Standard & Poor’s, Moody’s va Fitch Ratings kredit agentliklari isroilning kredit reytingini pasaytirgan edi.

Kiritildi: 19:30 11.10.2024. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!