Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Livan Bosh vaziri Isroil bilan mojaro tufayli 8,5 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi

Livan Bosh vaziri Isroil bilan mojaro tufayli 8,5 milliard dollar zarar ko‘rganini ma’lum qildi

Isroil harbiy harakatlaridan Livanga yetkazilgan iqtisodiy zarar 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Mamlakatning yo‘qotishlarini respublika bosh vaziri Najib Mikati baholadi, deya xabar beradi TASS.

Ar-Riyodda ochilgan Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchi-mamlakatlarining navbatdan tashqari sammitida Livan vakili hamkorlarga yordam so‘rab murojaat qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat «o‘z tarixida misli ko‘rilmagan inqiroz» bilan yolg‘iz o‘zi kurasha olmaydi. Urush natijasida qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitga «katta zarar» yetkazildi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari ishi izdan chiqdi.

«Isroil Livan suverenitetini jazosiz buzishda davom etib, bugungi va kelajagimizni xavf ostiga qo‘yadi. Agressiya katta gumanitar yo‘qotishlarga olib keldi, 1,2 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketdi», — dedi Mikati.

Kiritildi: 02:00 12.11.2024. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!