Litva Rossiya Federasiyasining Kaliningrad viloyati bilan chegarasiga mina to‘siqlarini o‘rnatishni rejalashtirilmagan. Bu haqda Litva Mudofaa vaziri Laurinas Kaschyunas ma’lum qildi.
"Chegaralarda harakatlanishni cheklashning asosiy vositasi minalardir, ammo bu biz Rossiya bilan chegara hududida minalar o‘rnatishimizni bildirmaydi. Biroq biz har qanday holatga tayyor bo‘lishimiz kerak", — deya qayd etdi vazir LRT milliy radiosiga intervyusida.