Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Litva, Polsha va Estoniya sog‘liqni saqlash tizimini urush holatiga tayyorlamoqda

Litva, Polsha va Estoniya sog‘liqni saqlash tizimini urush holatiga tayyorlamoqda

Rossiya Federasiyasi bilan chegaradosh Yevropa mamlakatlari sog‘liqni saqlash tizimini urush holatiga tayyorlamoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Litva, Polsha va Estoniya kutilayotgan harbiy to‘qnashuv ehtimoliga qarshi turli choralarni ko‘rmoqda. Jumladan, Litva NATOning sharqiy qanotiga hujum bo‘lishi kabi eng yomon ssenariyga tayyorlanmoqda. Rossiyaning Ukrainaga to‘liq hajmdagi bosqini ortidan harbiy mojaro tahdidi keskin kuchaygani ta’kidlanmoqda.

Mamlakatda harbiylar, polisiya, yong‘in o‘chirish xizmatlari, shifoxonalar va tibbiyot xodimlari favqulodda holatlarda harakat qilishga o‘rgatilmoqda.

Kiritildi: 20:15 17.06.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!