Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Litva piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni cheklovchi konvensiyadan chiqdi — Delfi

Litva piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni cheklovchi konvensiyadan chiqdi — Delfi

Litva Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakat piyodalarga qarshi minalarni qo‘llash, zaxiralash, ishlab chiqarish va uzatishni taqiqlovchi hamda ularni yo‘q qilishni nazarda tutuvchi Ottava konvensiyasidan rasman chiqdi.

"Bugun, 27 dekabr kuni buning uchun zarur bo‘lgan barcha tartib-taomillar muddati yakunlandi. Konvensiyadan chiqish haqida BMT Bosh kotibini xabardor qilganimizdan beri olti oy o‘tdi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Litva Mudofaa vaziri o‘rinbosari Karolis Aleksning so‘zlariga ko‘ra, Litva 2026 yildan boshlab Finlyandiya bilan hamkorlikda o‘z ehtiyojlari hamda Ukrainaga yetkazib berish uchun piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga yuzlab million yevro ajratilishi aytilgan. Shuningdek, piyodalarga qarshi minalardan tashqari tankka qarshi minalar ham ishlab chiqarilishi ham kutilmoqda.

Avvalroq Latviya, Finlyandiya va Polsha va Ukraina Ottava konvensiyasidan chiqqandi. Ushbu davlatlar o‘z qarorlarini Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi bilan asoslantirgan.

Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasi 1999 yilda kuchga kirgan bo‘lib, unga 164 ta davlat qo‘shilgan. Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining baholashicha, bu turdagi qurollar tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib keladi va harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham uzoq yillar davomida xavf tug‘dirib turadi.

Kiritildi: Bugun 18:08. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!