Mashhur futbolchi sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishni maqsad qilgan jamg‘arma bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi. Birinchi qadam Messining qayta ishlangan plastmassadan yasalgan oyoq kiyimlarini sotish, deb yozadi Euronews.
Lionel Messi ambassadori bo‘lgan jamg‘armaning maqsadi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishdir.
“Oltin to‘p”ning sakkiz karra g‘olibi bilan hamkorlikdagi birinchi tashabbus - qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan mashhur kolleksiya futbol busalarining nusxalarini sotish. Yaqinda ular Argentinaning Karün brendi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘zlarining modellarini taqdim etdilar.
Rejaga ko‘ra, sport poyabzali ishlab chiqarish uchun material butun dunyo bo‘ylab suv omborlari qirg‘oqlaridan yig‘ilgan minglab tonna plastik chiqindilardan olinadi.
Loyiha Argentinadagi Messining ona shahri Rosario shahridagi daryoni tozalashdan boshlanadi.