Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Lionel Messi: “Bu ba’zan qiyinchilik tug‘diradi”

Lionel Messi: “Bu ba’zan qiyinchilik tug‘diradi”

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi mavsum davomida AQShdagi uzoq safarlar haqida gapirdi.

"Ha, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida unchalik ko‘p safar qilmadik. Mayamida ikki o‘yin va Atlantada ikki o‘yin o‘tkazdik. Safarlar qisqa bo‘ldi.

Lekin haqiqat shundaki, AQShda safarlar uzoq davom etadi va mavsum davomida ko‘p joyga boramiz. Vankuver va Los-Anjelesga yetti soat uchish kerak. Bu ba’zan ta’sir qiladi.

Ketma-ket ko‘plab o‘yinlardan charchoq seziladi, ammo men doimo o‘yinda bo‘lishdan va o‘zimga yoqqan narsadan zavqlanishdan xursandman.

Har doim jamoaga yordam berishga harakat qilaman", – dedi "Inter Mayami" hujumchisi.

Kiritildi: 18:54 01.07.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!