Liga 1 Krishtianu Ronalduning so‘zlariga kinoya bilan javob berdi.
Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» klubi hujumchisi Saudiya Arabistoni ligasi Fransiya chempionatiga qaraganda qiyinroq ekanligini va bunga asosiy sabablardan biri sifatida 38-40 daraja issiqda o‘ynash zaruratini aytgandi.
Liga 1ning ispan tilidagi Twitter sahifasi bunga javoban Lionel Messining Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng kubokka tegayotgani aks etgan suratni joylashtirdi.
«Leo Messi 38 daraja issiqda o‘ynagandi», — deyiladi xabarda echki smayligi (GOAT — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi) bilan.