Kecha, 20 aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.
Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o‘tkazildi.
Fizika fanidan olimpiada natijalari:
Biologiya fanidan olimpiada natijalari:
Informatika fanidan olimpiada natijalari:
Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.
Qolaversa, “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.