Ichki ishlar vazirligiga Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 34 yoshli U.M. ismli fuqaro murojaat qilib, 6.000.000 so‘m miqdordagi pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 31 yoshli K.YO. ismli shaxs sodir etganligi aniqlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, K.YO. U.M. bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga LED-ekranlar orqali mahsulotlarini reklama qilib berishini aytib uni aldab, oldindan 6.000.000 so‘m miqdordagi pullarini o‘zining plastik kartasiga o‘tqazib olgandan so‘ng bergan va’dasini bajarmay, yozishmalarni o‘chirib yuboribganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.YO.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.