Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Le Pen sud hukmidan keyin o‘z lavozimidan chetlashtiriladi

Le Pen sud hukmidan keyin o‘z lavozimidan chetlashtiriladi

Fransiya parlamentidagi o‘ng qanot "Milliy ittifoq" partiyasi fraksiyasi yetakchisi Marin Le Pen Yevroparlament mablag‘larini o‘zlashtirganlik ishi bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, o‘zi deputat bo‘lgan Pa-de-Kale departamenti maslahatchisi lavozimidan chetlashtiriladi.

Bu haqda prefektura bayonotida aytiladi.

O‘tgan hafta e’lon qilingan hukm Le Penning davlat organlariga saylanishini taqiqlaydi va u darhol kuchga kiradi. Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, bu milliy mandatlarga taalluqli emas, shuning uchun Le Pen keyingi saylovlargacha Milliy assambleya a’zosi sifatidagi o‘rnini saqlab qoladi. Shu bilan birga, u boshqa saylangan lavozimlarni egallash huquqiga ega emas.

"Pas-de-Kale prefekturasi Marin Le Penni departament maslahatchisi lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha prosedurani yakunladi", — deya xabar bermoqda France Presse.

Kiritildi: 18:38 10.04.2025. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!