Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Lavrov Keniyaga bordi

A A A
Lavrov Keniyaga bordi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dushanba kuni Keniyaga tashrif bilan keldi, deb xabar beradi “TASS” muxbiri.

Keniyada Lavrovning mamlakat siyosiy rahbariyati bilan uchrashishi kutilmoqda. Rossiya vaziri oxirgi marta 2010 yilda Keniyaga tashrif buyurgan edi.

Shu yil boshida Rossiya diplomatiyasi rahbari Afrika qit’asi bo‘ylab ikki marta gastrol safarida bo‘lgan edi. Yanvar oyida Lavrov Janubiy Afrika, Esvatini, Angola va Eritreyaga, fevralda esa Mali, Mavritaniya va Sudanga tashrif buyurdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Lavrov 1—2 iyun kunlari Keyptaunda bo‘lib o‘tadigan BRIKSga a’zo davlatlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etadi.

Kiritildi: 07:47 29.05.2023. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!