Latviya tashqi ishlar vaziri Krisyanis Karins 2024 yilda, Yens Stoltenberg lavozimidan ketganida, NATO bosh kotibi lavozimiga saylovlarda ishtirok etishga umid qilmoqda.
Bu haqda Bloomberg Karins vakili bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.
“Agar Latviya bosh kotib lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, Krisyanis Karins tanlovda ishtirok etishga tayyor”, — deyiladi nashr bayonotidan.
Murojaatda, shuningdek, vazir Latviya bosh vaziri sifatidagi tajribasiga tayangan holda alyans rivojiga hissa qo‘shish niyatida ekani ta’kidlangan.
Karinsdan tashqari, boshqalar ham Bosh kotib lavozimiga saylanish istagini bildirishgan. Masalan: Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte va Estoniyaning amaldagi Bosh vaziri Kaya Kallas.