Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Latviya Rossiya bilan chegarani yopmaydi

A A A
Latviya Rossiya bilan chegarani yopmaydi

Latviya hukumati Finlyandiya singari Rossiya bilan chegarani butunlay yopishni rejalashtirmayapti. Bu haqda LETA agentligiga Latviya Ichki ishlar vazirligi rahbari Rixard Kozlovskis ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi davlatlardan Rossiyadan Latviyaga o‘tishga urinayotgan noqonuniy migrantlar soni kamaymoqda. Shu bilan birga, Kozlovskis vaziyat tubdan o‘zgarib, milliy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelsa, sharqiy chegara butunlay yopilishini istisno etmadi.

Oktyabr oyi o‘rtalarida Rossiya Ukraina fuqarolariga uchinchi davlatlardan faqat Pskov viloyatidagi “Ludonka–Viyentuli” yo‘l o‘tkazish punkti va Sheremetyevo aeroportidagi havo o‘tkazish punkti orqali kirishga ruxsat berganidan so‘ng, Latviya Rossiya bilan chegaradagi ikkita – Viyentuli va Pededze nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan.

Kiritildi: 23:24 29.11.2023. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!