Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Latviya Belarus bilan chegarani yopmoqchi

Latviya Belarus bilan chegarani yopmoqchi

Latviya Davlat chegara xizmati hukumatdan Belarus bilan chegaradagi yagona faoliyat ko‘rsatuvchi "Paterniyeki" (Belarus tomonida – "Grigorovshchina") nazorat-o‘tkazish punktini qisman yopishni so‘raydi. Bu haqda Latviya OAVlari xabar berdi.

Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati rahbari Guntis Puyats mahalliy telekanallardan birida 17 mart kuni piyodalar va velosipedchilar uchun nazorat-o‘tkazish punktini yopish, undan faqat avtotransport vositalarining o‘tishiga ruxsat berish taklifini kiritishini ma’lum qildi.

"Biz nazorat-o‘tkazish punktidan Latviyaga noqonuniy muhojirlarning ommaviy kirib kelishi uchun foydalanish xavfi yuqori degan xulosaga keldik", - deydi Guntis Puyats.

Uning ta’kidlashicha, agar Vazirlar Mahkamasi ushbu taklifni ma’qullasa, nazorat-o‘tkazish punkti olti oyga qisman yopiladi.

Kiritildi: 00:11 18.03.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!