Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Latviya Belarus bilan chegarada xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimini joriy qildi

A A A
Latviya Belarus bilan chegarada xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimini joriy qildi

Latviya Vazirlar Mahkamasi Belarus-Latviya chegarasida kuchaytirilgan xavfsizlik rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Delfi axborot portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 11-avgustdan 2024-yil 10-fevralgacha Ludza, Kraslava, Augshdaugava viloyatlari va Daugavpils ma’muriy hududlarida chegara qo‘riqlash tizimi kuchaytiriladi.

Bunday chora mamlakat Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif qilingan. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, departament bunday rejimni joriy etish zaruratini Latviya tomoni qayd etgan “Latviya va Belarus o‘rtasidagi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish va uni kesib o‘tishga urinishlar sonining nomutanosib ko‘pligi” bilan izohlagan.

Kiritildi: 08:31 09.08.2023. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!