Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje Mudofaa vazirligining ayollar uchun harbiy xizmatni kengaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Siyosatchi respublika ayollari erkaklardan kam emasligini, nafaqat imkoniyatlar, balki mas’uliyat ham borligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar uchun majburiy harbiy xizmat «hammaga foyda keltiradi».
Shuningdek, u Mudofaa vazirligi qoshida Zemessardz (Latviya ko‘ngilli milisiyasi) kabi turli otryadlar yaratilganini ta’kidladi.
❕ O‘tgan hafta Milliy Qurolli Kuchlar (MQK) qo‘mondoni Leonid Kalnins ayollarni majburiy milliy mudofaa xizmatiga chaqirish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu ehtiyoj Latviyadagi noqulay demografik vaziyat tufayli yuzaga keldi.