Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Las-Vegasdagi Trampga tegishli mehmonxona oldida Cybertruck elektromobili portladi

Las-Vegasdagi Trampga tegishli mehmonxona oldida Cybertruck elektromobili portladi

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:40 atrofida Tesla Cybertruck avtomobili Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi oldida portlagan.

Portlash oqibatida avtomashina haydovchisi halok bo‘ldi, yana yetti kishi yengil tan jarohati oldi.

Matbuot anjumanida Las-Vegas polisiya departamenti sherifi Kevin Makmexill portlash videosini namoyish qildi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilga bir necha benzin to‘ldirilgan kanistralar va feyerverklar ortilgan bo‘lgan. Haydovchi kabinadan turib ularni portlatib yuborgan.

Sherif Makmexillning aytishicha, polisiya voqeaning Yangi Orlean teraktiga aloqadorligini tekshirmoqda.

Las-Vegasdagi “Trump” mehmonxonasi oldida portlagan Cybertruck Yangi Orleandagi odamlar ustiga haydalgan mashina kabi Turo ilovasi orqali ijaraga olingan, deb xabar bermoqda AP.

Portlash ijaraga olingan Cybertruck mashinasiga juda ko‘p miqdorda pirotexnika ortilgani yoki salondagi bomba tufayli sodir bo‘lgan. Portlashning elektromobilning o‘ziga aloqasi yo‘q, uning telemetriyasi ijobiy”, — deb bayonot berdi Tesla asoschisi Ilon Mask.

Kiritildi: 10:29 02.01.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!