Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«Lans» murabbiyi Husanovning qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi

«Lans» murabbiyi Husanovning qizil kartochkasi haqida fikr bildirdi

«PSJ» - «Lans» (1:0) uchrashuvidan keyin lansliklar bosh murabbiyi Uill Stil Abduqodir Husanovning maydondan chetlatilishi haqida fikrini bildirdi.

O‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi Parij klubiga qarshi bahsning 1-bo‘limida ogohlantirilgan bo‘lsa, 59-daqiqada Ashraf Hakimiga nisbatan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.

«O‘sha vaziyatni yaqqol ko‘ra olmagandim. Ammo o‘yinda «PSJ» o‘yinchisi ham chetlatilishi kerak edi. Mag‘lubiyatga hakamni ayblay olmayman, o‘zimizni xatolarni tahlil qilishimiz kerak. Fransiyalik hakamlar haqida qanday fikrda ekanimni esa oldinroq aytganman», - deydi lansliklar bosh murabbiyi Uill Still.

Husanovning kelasi bahsda «Nant»ga qarshi maydonga tushmasligi aniq. Diskvalifikasiya muddati Tartib-intizom qaroridan keyin ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir klubi safida o‘tgan 10ta o‘yinda 3 marta ogohlantirilgan bo‘lsa, faoliyatida ilk bor qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: 09:51 04.11.2024. O'qildi: 33863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!