Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

LaLiga. "Real" yirik hisobda yengildi, "Barsa" esa autsayderga yutqazdi

A A A
LaLiga. "Real" yirik hisobda yengildi, "Barsa" esa autsayderga yutqazdi

Ispaniya LaLigasining 6-turi chempionat peshqadamlari Real Madrid va Barselona jamoalari uchun omadsiz yakunlandi. Avvaliga “Qirollik klubi” LaLiganing yangi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini mehmonda Sevilyadan yirik hisobda qabul qilib oldi. Turning yana bir uchrashuvida esa Kataloniyaning Barselona klubi musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda turgan Leganes klubi maydonida o‘z tarixida ilk marotaba mag‘lubiyatga uchradi.

Sevilya – Real Madrid 3-0

Gollar: 1-0 – 17 Andre Silva, 2-0 – 21 Andre Silva, 3-0 – 39 Ben-Yedder.

Ogohlantirishlar: Beyl (27), Vaskes (34), Kroos (64), Modrich (65), Banega (74), Sarabiya (79), Dias (87).

Leganes – Barselona 2-1

Gollar: 0-1 – 12 Koutinyo, 1-1 – 52 El-Jar, 2-1 – 53 Oskar Rodriges.

Ogohlantirishlar: Peres (40), Bustinsa (49), Umtiti (60), Vermalen (64), Nyom (88), En-Nesiri (90).

6-turning qolgan natijalari:

Valensiya – Selta 1-1

Gollar: 1-0 – 25 Batshuayi, 1-1 – 82 Aspas.

Ogohlantirishlar: Aspas (45), Malyo (48), Batshuayi (56), Beltran (75).

Atletik – Vilyarreal 0-3

Gollar: 0-1 – 65 Fornals, 0-2 – 80 Funes Mori, 0-3 – 89 Toko-Ekambi.

Ogohlantirishlar: De Markos (73), Ruis (76).

Atletiko – Ueska 3-0

Gollar: 1-0 – 16 Grizmann, 2-0 – 29 Parti, 3-0 – 33 Koke.

Ogohlantirishlar: Ruben Semedu (45), Musto (67).

Real Sosyedad – Rayo Valyekano 2-2

Gollar: 1-0 – 5 Bautista, 1-1 – 31 Advinkula, 1-2 – 36, penalti Trexo, 2-2 – 78 Villian Joze.

Ogohlantirishlar: Subeldiya (15), Advinkula (61), Kakuta (62), Moreno (77), Merino (81), Saldua (89), Trexo (90).

Espanyol – Eybar 1-0

Gol: 1-0 – 68 Ermoso.

Ogohlantirishlar: Garsiya (25), Baptistao (60), Jordan (66), Bigas (74).

Shuningdek, bugun 6-turning so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi:

Valyadolid – Levante

Alaves – Xetafe

Jirona – Betis

Musobaqa jadvalida Barselona klubi 13 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko to‘plagan Real Madrid esa to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa joylashgan. Kuchli uchlikka Madridning boshqa bir jamoasi Atletiko yakun yasab bergan.

Manba: Turon24

Kiritildi: 10:50 27.09.2018. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!