Ispaniya La Ligasining 37-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Real" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda tomonlar jangovr durangga imzo chekdi.
O‘yinda mezbonlar futbolchisi Syorlot poker qilgan bo‘lsa, Gyuler dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Xoselu va Lukaslar bittadan gol urdi.
Shu tariqa, "qaymoqranglilar" ochkolari sonini 94 taga yetkazib oldi. "Sariq suvosti kemasi" 8-pog‘onada qoldi.