Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

La Liga. Eronda urush avjiga chiqqan bir pallada «Real» o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

La Liga. Eronda urush avjiga chiqqan bir pallada «Real» o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi

«Real» Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi o‘z uy uchrashuvida «Xetafe»ga imkoniyatni boy berdi — 0:1.

O‘yindagi yagona gol 39-daqiqada mehmonlarning urugvaylik hujumchisi Martin Satriano tomonidan kiritildi.

«Xetafe» futbolchilari raqib darvozasi tomon jami uchta aniq zarba yo‘llashdi, «Real»da esa bunday zarbalar soni yettitani tashkil etdi.

«Real» 26 ta o‘yindan so‘ng 60 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Xetafe» esa (26 o‘yindan so‘ng 32 ochko) 14-o‘rindan 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Keyingi turda, 7 mart kuni «Real» safarda «Selta» bilan kuch sinashadi, «Xetafe» esa shu kuni o‘z maydonida «Betis»ni qabul qiladi.

Ispaniya La Ligasi. 26-tur
03.03.2026 | 01:00
«Santyago Bernabeu», Madrid

«REAL MADRID» — «XETAFE» — 0:1
Gol:
Martin Satriano 39’ (0:1).

«Real Madrid»: Kurtua, Karreras, Alaba (Xeysen, 55), Ryudiger, Aleksandr-Arnold (Karvaxal, 55), Pitarch (Rodrigu, 55), Tchuameni (Dias, 87), Vinisius Junior, Arda Gyuler (Mastantuono, 69), Valverde, Garsiya.

«Xetafe»: Soriya, Riko, Romero, Duarte, Boseli, Iglesias, Satriano (Abkar, 90), Arambarri, Milya, Kiko Femeniya (Liso, 58), Vaskes (Martin, 69).

Ogohlantirishlar: Kiko Femeniya (8), Arambarri (35), Riko (64), Xeysen (68), Tshuameni (71), Liso (79), Satriano (84), Vinisius Junior (90), Karreras (90).

Chetlatishlar: Liso (90, ikkinchi sariq), Mastantuono (90).

Kiritildi: Bugun 06:42. O'qildi: 797 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!