Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

KXSHT Bosh kotibi Moskvadagi teraktni sharhladi

A A A
KXSHT Bosh kotibi Moskvadagi teraktni sharhladi

Rossiya Federasiyasidan migrantlar chiqib ketishi Markaziy Osiyoda rusofobiya kayfiyatini faollashtiradi, dedi KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov “Inerfaks”ga bergan intervyusida Moskvadagi teraktni sharhlarkan.

Markaziy Osiyo migrantlariga bosim o‘tkazadigan qadamlar tashlanishi ularning Rossiyadan ommaviy ravishda chiqib ketishiga olib keladi, dedi u. Muammo faqat shunda emas, bu holat RF iqtisodiyotining ayrim yo‘nalishlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, birinchi navbatda Markaziy Osiyo mamlakatlarida rusofobiya va Rossiyaga qarshi kayfiyatni rag‘batlantiradi. Oqibatda davlatlararo munosabatlarga ham putur yetishi mumkin. Terakt tashabbuskorlari shu yo‘l bilan o‘z maqsadlariga yaqinlashmoqda.

Kiritildi: 02:57 04.04.2024. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!